Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Xalq bilan muloqat “ tamoyili asosida sayyor qabul tashkil etildi.




Xalq bilan muloqat qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan kezi kelganda qiynayotgan dardu-muammolariga quloq tutish bugun davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.
Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan Izboskan tumani Abdurahmon Jomiy MFY da sayyor qabul  tashkil etildi.
Sayyor qabul  davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh. Abduraxmonov tomonidan fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglandi.
Shu bilan birga 6 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar  berildi va 1 ta ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq murojaat bo‘lim  ish yurituviga qabul qilindi.
Xalq bilan muloqat, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz  ravnaqiga, uning yanada gullab yashnashiga fuqarolarning tinch, osuda  farovon xayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.