Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Paxtaobod tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar Andijon shahridagi “O'lkashunoslik ” muzeyiga olib borildi.



“Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning KALENDAR REJASI”ning 5-bandida “Moziyga sayohat” dasturi doirasida hududlardagi kamida 600-700 nafar yoshlarni qamrab olgan holda muzey, e’tiborga molik manzilgohlar hamda muqaddas qadamjolarga otaliqqa olingan yoshlarning sayohatlarini tashkil etish belgilangan. 

Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan, tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan Andijon shahridagi “O'lkashunoslik ” muzeyiga tashrif buyurildi. 

Muzeyning mas’ul xodimlari tomonidan ushbu maskan haqida, muzeydagi eksponatlar hamda yurtimiz, viloyatimiz tarixi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.